Marg‘ilonda 62 yoshli erkak o‘ldirib ketildi
Holatga ichkilik ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasidan 1960 yilda tug‘ilgan fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, gumondor va jabrlanuvchi avvaldan tanish bo‘lgan va jinoyat sodir etilgan joyda birga spirtli ichimlik ichishgan. Shundan so‘ng o‘zaro janjallashib, biri ikkinchisiga og‘ir jarohat yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlanib, ushlangan.








