Qashqadaryoda 750 kg noma’lum hayvon go‘shti aniqlandi
Go‘sht mahsulotlari Surxondaryodan Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida 4-iyun kuni kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 750 kilogramm hayvon go‘shtlari aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati IIB va YHXB xodimlari tomonidan Ko‘kdala tuman hududidagi “Umakay” muntazam YPX maskanida Surxondaryo-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan, fuqaro B. T. boshqaruvidagi Damas to‘xtatib tekshirilgan. Avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda, unda veterinariya ma’lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan taxminan 730 kilogramm og‘irlikdagi hayvon go‘shtlari borligi aniqlangan.
Shundan so‘ng go‘sht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirilgan.








