Sardor Umurzakov Sergey Lavrov bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston–Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Joriy yilning 3–4 iyun kunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegasiyasi Rossiyaning Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ikki kunlik tashrif davomida Rossiya Federasiyasining bir qator rasmiylari, xususan, Hukumat Raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirishning muhim jihatlari muhokama qilingan.
Hususan, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha mushtarak pozisiyalar ishlab chiqilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni hal qilishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar bo‘yicha takliflar almashilgan hamda o‘zaro munosabatlarning ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlariga doir amaliy hamkorlik qilish yo‘llari to‘g‘risida kelishib olingan.








