AQSH Moskvadagi elchixonasini yopadimi?
Vashingtonning Rossiyadagi elchisi bunga javob berdi.

AQSHning Moskvadagi elchisi Jon Sallivan ikki davlat elchixonalari yopilishi ehtimoli haqida gapirdi.
"Buning ehtimoli bor. Ammo Fikrimcha, bu katta xato bo‘lgan bo‘lardi. aqsh bir holatda o‘z elchixonasini yopishi mumkin: agar uning faoliyatiga xavf tug‘ilsa", — degan diplomat "TASS" agentligiga bergan intervyusida.
Sallivan oldinroq Moskvaning ikki davlat munosabatlarining butunlay uzilishi haqidagi xavotirlarini eslatdi. Elchi bu ssenariy amalga oshmasligiga umid bildirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashingtonda aloqalarning butunlay to‘xtatilishini hech kim istamaydi.
Avvalroq AQSH va Yevropa Ukrainada yarashuv masalasini muhokama qilgandi.







