Pekinda ko‘plab karantin cheklovlari bekor qilindi
Faqatgina shaharning ayrim hududlari qatʼiy lokdaunda saqlab qolingan.

Shanxay ortidan Pekin ham koronavirus cheklovlarining katta qismini bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hozirda shaharning katta qismida epidemiologik vaziyat barqarorlashgan. Faqatgina Fentay va Chanpin tumanlarida cheklovlar saqlanib qolgan.
Koronavirus tarqalishi kuchayishi ortidan Pekinda 1 maydan karantin choralari kuchaytirildi. Xususan, ommaviy ovqatlanish joylari yopildi. Taʼlim muassasalari onlayn taʼlimga o‘tkazildi. Shaharning ko‘plab tumanlarida xizmatchilar masofaviy ishlashga o‘tgandi. Ko‘ngilochar obyektlar faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan.
Shanxay iyun oxirigacha lokdaunni bekor qilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







