O'zbekiston

Andijonda ayollarga OIV kasalligini qasddan yuqtirib kelgan erkak qo‘lga olindi

Hozirda mazkur fuqaro qamoqqa olib, tergov qilinmoqda.

Andijonda ayollarga OIV kasalligini qasddan yuqtirib kelgan erkak qo‘lga olindi


Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi ekrak o‘zida OIV infeksiyasi borligini bila turib, bu kasallikni 3 nafar ayolga qasddan yuqtirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, S. M. ismli fuqaro Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazida 2020-yilning mart oyida dispanser nazoratiga olingan. Fuqaro o‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.


Shunga qaramay, u Bo‘ston tumanida yashovchi M. D. va Shahrixon tumanida yashovchi Y.SH. lar bilan betartib jinsiy aloqada bo‘lib, ularga OIV infeksiyasini yuqtirgan.  Buloqboshi tumanida yashovchi R. N. ismli ayol bilan ham shu holat takrorlangan va uni OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.


Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan S.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda ayollarga OIV kasalligini qasddan yuqtirib kelgan erkak qo‘lga olindi | Zamon.uz