O'zbekiston

O‘zbekistonda yerlarni auksionga qo‘yish muddati qisqartirilmoqda

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yerlarni auksionga chiqarishda kadastr idoralarida bor ma’lumotlarni boshqa idoralar bilan kelishish tartibi bekor qilinadi.

O‘zbekistonda yerlarni auksionga qo‘yish muddati qisqartirilmoqda

 

Bugun, 7-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 


Joriy yil 27-yanvarda davlat rahbarining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, bu sohaga ko‘plab yengilliklar berildi va imtiyozli resurslar ajratildi.


Bular orqali joriy yilda 120 mingdan ortiq yangi loyihalarni amalga oshirib, xizmatlar hajmini 435 trillion so‘mga yetkazish reja qilingan.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda bu borada hududlarda bajarilgan ishlar tahlil qilindi.


Hokimlar xalqni o‘ylab, halol ishlab, tadbirkorlarga yer, bino va infratuzilma masalasida yordam bergan joylarda natija bo‘lgan. Masalan, Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida minglab ish o‘rinlari ochilgan.


Yanvar-may oylarida xizmatlar sohasida 232 ming ish o‘rni yaratilgan. Lekin Jizzax, Navoiy, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida bu boradagi natijalar past.


So‘nggi ikki oyda xizmat joylari tashkil etish uchun 12 mingta yer maydoni auksionga qo‘yilgan. Lekin 27 ta tumanda savdoga chiqarilgan maydonlar soni 10 taga ham yetmagan.


Shu sababli bunday sustkashlikka yo‘l qo‘ygan shahar va tuman hokimlari, ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlariga intizomiy jazo choralari belgilandi. 


Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 9 oy va yil yakunigacha bo‘lgan rejalar muhokama qilinar ekan, Buxoro tajribasi bu borada namuna qilib ko‘rsatildi.


Misol uchun, Buxoro shahridagi tadbirkorlar mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida restoran va kafeteriylar tashkil etgan. Imtiyozli kreditlar samaradorligi tahlil qilinganda, bir ish o‘rni ochish uchun o‘rtacha 8-9 million so‘m ketgan, xolos.


Mutasaddilarga ushbu tajribani boshqa shahar va tuman markazlarida ham joriy qilish, buning uchun xavfsizlik talablari hamda ijaraga berish shartlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.


Umuman, yurtimizda aholiga qulay va serqatnov yo‘l bo‘ylarida davlat idoralarining balansidagi 4 mingga yaqin ma’muriy bino joylashgan. Ushbu bino va inshootlardan ham servis sohasida samarali foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.


Xizmat shoxobchalari tashkil etish uchun, avvalo, qulay joy kerak. Shu bois yig‘ilishda yana 25 mingta yer maydonlari servis va savdo ob’yektlari uchun auksionga chiqarilishi belgilandi.

Bu borada aholiga yanada qulaylik yaratish uchun endi yerlarni auksionga qo‘yish jarayoni ijara bo‘yicha 48 kundan 15 kunga, mulk huquqida 74 kundan 20 kunga qisqartiriladi. Yer maydonlarini baholash ekspertizadan o‘tkazilmaydi, haqiqiy bahosi auksionda aniqlanadi.


Shu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, yerlarni auksionga chiqarishda kadastr idoralarida bor ma’lumotlarni boshqa idoralar bilan kelishish tartibi bekor qilinadi. Barcha vazirliklarning kadastr ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga kiritiladi.


Joriy yil 1 sentyabrgacha 205 ta tuman va shaharda 253 ta maxsus savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu maqsadlar uchun o‘tgan yili respublika byudjetidan 1 trillion 400 milliard so‘m, joriy yilda esa 900 milliard so‘m ajratilgan.


Masalan, Jizzax shahrining “Jizzaxlik” mahallasidagi yopiq ko‘cha Sharof Rashidov markaziy ko‘chasiga bog‘lanib, savdo va servis shoxobchalariga tunu kun ishlashga ruxsat berilgan. Natijada biznes rivojlanib, 200 ta ish o‘rni paydo bo‘lgan.


Viloyat hokimlariga shahar va tumanlarda shunday ko‘chalar tashkil etib, servisni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Boysundagi mashhur Omonxona sihatgohi atrofida 3 ta mehmonxona bor. Lekin joy yetishmasligi sababli mehmonlarni qishloqdagi xonadonlar qabul qiladi. Agar bu sihatgohga olib boruvchi yo‘l yaxshilansa, mehmonlar soni yanada ko‘payishi, yo‘l bo‘yida 200 dan ziyod savdo va xizmat ob’yektlari tashkil etilishi mumkin. Shu bois, mutasaddilarga Omonxona qishlog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Shunday yondashuv asosida, xorijiy konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilib, 28 ta shahar va xizmat salohiyati yuqori 10 ta tumanning “master rejasi”ni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.


Prezident ko‘chma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish zarurligini ta’kidladi.


Jumladan, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mahalla, obodonlashtirish va yo‘l tashkilotlariga o‘z hududida mavsumiy kafe va savdo nuqtalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu orqali qariyb 50 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi.


Yig‘ilishda transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish, xizmatlar turini ko‘paytirish, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini transformasiya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.


Davlat rahbari yaqinda mahallalarda bo‘lib o‘tgan saylovlarga ham to‘xtalib, raislarni saylangani bilan tabrikladi.

 

“Elga bosh bo‘lish bu – katta mas’uliyat. Mahalla raislari mamlakatimizdagi islohotlarni har bir xonadonga yetkazishda, odamlarning talabini hokimlar oldiga qo‘yib, xalqimizni rozi qilishda yetakchi bo‘lishi zarur. Bugun xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan aniq masalalar ham eng avvalo mahalladan boshlanishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokim va hokim yordamchilari so‘zga chiqib, reja va takliflarini bayon etdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda yerlarni auksionga qo‘yish muddati qisqartirilmoqda | Zamon.uz