Qozog‘iston chegaradan o‘tishda fuqarolarga yengillik yaratmoqda
Qator qulayliklar 8-iyundan amal qiladi.

Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tishda koronavirusga topshirilgan PZR testi va emlanganlik sertifikatlarini ko‘rsatish talabini bekor qiladi. Mazkur tartib ertadan boshlab amal qilishi rejalashtirilgan.
Bu ham Qozog‘iston fuqarolari, ham chet elliklarga taalluqli ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya 1-iyundan xorijliklar uchun PZR testlarini bekor qilgandi.







