Samarqandda tezlikni oshirgan Damas ag‘darilib ketdi
Viloyat IIB voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 1-iyun kuni Damas rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Holat bo‘yicha viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Xabar qilinichisha, tumanning “Qo‘rg‘on” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-55 avtomobil yo‘lining 15-kilometrida Damas haydovchisi katta tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina yo‘lning o‘ng tarafiga ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida transport vositasida bo‘lgan haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.







