Jahon

Saudiya Arabistoni Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqchi

Bu jarayonda qaysi davlat vositachilik qilayotgani maʼlum bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqchi

 

Saudiya Arabistoni va Isroil Vashington vositachiligida iqtisodiyot va xavfsizlik yo‘nalishlarida aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

 

Ar-Riyod Isroil bilan rasmiy munosabatlarga ega emas. Shunday bo‘lsa-da, ikki davlat  ishchi aloqalar va xavfsizlik sohasida kelishuvga erishmoqchi.

 

Xususan, ular AQSH yordamida o‘zaro havo hududlaridan samolyotlar uchishiga, shuningdek, Ar-Riyodning Tiran va Sarafin hududlari ustidan to‘liq nazoratini o‘rnatish masalasini hal qilish niyatida. Bu ikki kimsasiz orol Misr va Saudiya o‘rtasidagi Tiran ko‘rfazida joylashgan. Tiran Iordaniyaning Akaba va Isroilning Eylat portlarining Qizil dengizga chiqish yo‘lida joylashgan.

 

WSJ xabariga ko‘ra, Isroil biznesmenlari hozirning o‘zidayoq Saudiya Arabistoniga kelishi mumkin. Bu orqali Ar-Riyod ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqchi.

 

Bundan oldin Saudiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Xolid bin Salmon Vashingtonga tashrifi davomida mamlakat yoshlarining katta qismi Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish tarafdori ekanini aytgan.

 

Avvalroq Jozef Baydenning Saudiya Arabistoniga borishi maʼlum qilingandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqchi | Zamon.uz