Jahon

Ukrainadagi vaziyat YеIni parchalashi mumkin — Bloomberg

Mojaro Yevropadagi integratsiya jarayonlarining kamchiliklarini ko‘rsatib bergani qayd etilgan.

Ukrainadagi vaziyat YеIni parchalashi mumkin — Bloomberg

 

Ukrainadagi vaziyat Yevropa Ittifoqining siyosiy va iqtisodiy parchalanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik tahlilchi Klayv Kruk Bloomberg agentligiga yozgan maqolasida taxmin qildi.

 

“Hozircha Yevropa bosimi ostidagi yangi birlikdan xursand bo‘lishga hali erta. Ittifoqqa qo‘yilayotgan talablar uni yo kuchaytiradi, yo parchalanishiga olib keladi”, – degan ekspert.

 

Kruk YIning Rossiya-Ukraina mojarosiga munosabati ko‘pchilikni hayron qoldirganini qayd etdi. Bu Rossiyaga qarshi sanksiyalarda, Ukrainaga qurol yetkazib berishda, shuningdek, mudofaaga xarajatlarning oshirilishida hamda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga aʼzolikka intilishida yaqqol namoyon bo‘ldi.

 

“Shu bilan birga bu kabi choralarni mustahkamlash Yevroittifoqdan odatdagidan kuchli siyosiy birlik talab qiladi”, – deb taʼkidlagan u.

 

Muallifning fikricha, Yevropa davlatlarida kuzatilayotgan turli darajadagi inflyatsiya iqtisodiy integratsiya masalasida hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa, energetika sohasiga taalluqli. Bundan tashqari, xavfsizlikka yangicha yondashuv zarur.

 

“Rossiya-Ukraina nizosi YEIdan birlashishni talab qildi. Ammo RFga qarshi sanksiyalar Yevropaga yana-da kuchli zarba beradi. Ayrim davlatlarga zarba boshqalariga qaraganda sezilarli bo‘ladi”, – deb fikriga yakun yasagan Kruk.

 

Avvalroq Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukrainadagi vaziyat YеIni parchalashi mumkin — Bloomberg | Zamon.uz