Ashraf G‘ani qancha pul bilan “qochgani” maʼlum bo‘ldi
AQSH vakili bo‘ to‘g‘risida maʼlumotlarni ochiqladi.

Ashraf G‘ani Afg‘onistondan hatto 1 million dollar ham olib keta olmagan. Bu haqda AQSH hukumatining Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko Kongressdagi hisobotida maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kobulni tark etayotganda sobiq prezident va uning tarafdorlari haqiqatdan ham vertolyotga naqd pul ortgan. Ammo bu pulning miqdori 500 ming dollar atrofida bo‘lgan. Bundan oldin Ashraf G‘ani o‘zi bilan 169 million dollar olib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Ammo uning o‘zi bu ayblovlarni keskin rad etgan.
Sopkoning qo‘shimcha qilishicha, yana 5 million dollar atrofidagi mablag‘ prezident qo‘riqchilari tomonidan o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar toliblarni qizlarni maktablarga qaytarishga chaqirgandi.







