O'zbekiston

Buxoroda 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun salkam 10 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoroda 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun salkam 10 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

 

Navbahor tumani va Buxoro shahrida ishga qabul qilish va xorijiy davlatga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.


Xabarda aytilishicha, Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Navbahor tuman Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i X. M. fuqaro Sh. ni ushbu birlashmaga feldsher vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 7 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.


Shuningdek, Departament, DXX hamda IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi fuqaro U. E. boshqa bir fuqaro D. ning ishonchiga kirib, o‘zi va singlisini tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish masalasini 9,6 ming AQSH dollariga kelishib, shundan 600 AQSH dollari va 1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Buxoroda 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun salkam 10 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi | Zamon.uz