Buyuk Britaniya Ukrainaga yuqori texnologiyali raketa beradi
Bundan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi.

Kiyevga Kiyevga yuqori aniqlikdagi Brimstone raketalarini yetkazib bermoqchi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi.
Bu orqali britaniyaliklar Ukraina portlarining deblokirovka qilinishiga umid bildirmoqda. Shundan keyin bu yerda qolib ketgan katta miqdordagi g‘alla olib chiqilishi mumkin bo‘ladi.
Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar seshanba kuni "dengizdan bo‘ladigan tahdidlarga qarshi qurol" berilgan taqdirda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini qayta tiklanishini maʼlum qildi. Shu bilan birga u uchinchi davlatlarning harbiy-dengiz flotlarini bu jarayonda qatnashishi shartini qo‘ygan.
Avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass ukrainadagi vaziyat global oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy taʼsir qilganini aytgandi.







