Eronda yo‘lovchi poyezd halokatga uchradi
Hodisa oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

ISNA agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, Tebes shahridan Yazdga ketayotgan 420 yo‘lovchisi bo‘lgan poyezd Tebes shahri yaqinida relsdan chiqib ketgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 17 kishi halok bo‘lgan, 30 nafar yo‘lovchi jarohatlangan. Besh nafar yo‘lovchining ahvoli og‘ir deb baholangan.
Voqea joyiga 12 ta tez tibbiy yordam mashinasi hamda 3 ta tez yordam vertolyoti yo‘naltirilgan.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.







