Fransiya AQSH bilan Oyga uchmoqchi
Vashington 2024 yildan Oyga parvozlarni tiklashni rejalashtirgan.

Fransiya AQSHning Oyni o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro dasturiga qo‘shildi. Bu haqda Davlat departamenti maʼlum qildi.
“Kosmosni tinch maqsadlarda o‘zlashtirish va tadqiqot qilish bo‘yicha tamoyillarini yana bir bor taʼkidlab Fransiya “Artemida kelishuvi”ni imzolagan 20 davlatga aylandi”, – deyiladi Davlat departamenti tarqatgan xabarda.
Kelishuvni imzolash marosimi Vashingtonda, Fransiya elchixonasida bo‘lib o‘tgan.
AQSH 2024 yildan Oyga parvozlarni tiklamoqchi. Bu dastur Artemis ("Artemida") deb ataladi. 2020 yilda NASA barcha davlatlarni “Artemida kelishuvi”ni imzolashga chaqirdi.







