O'zbekiston

O‘zbekistonda 2 ta yangi kichik GES quriladi

Prezident suv omborlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi.

O‘zbekistonda 2 ta yangi kichik GES quriladi

 

Bugun, 8 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev suv omborlarini modernizasiya qilish hamda Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 


Ma’lumki, daryo va soylar suvi ham qishloq xo‘jaligi, ham energetika, ham aholi turmushi uchun muhim manba. O‘zbekistonda bu qimmatli ne’mat asrab-avaylanib, xalq manfaatiga yo‘naltirilmoqda.


Shu maqsadda 2017 yilda Prezident farmoni bilan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. O‘tgan yili yana 4 ta suv ombori ushbu jamiyat boshqaruviga o‘tkazildi va ular 6 taga yetdi. Xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda har bir suv omborining texnik holati o‘rganib chiqildi va kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash tadbirlari belgilandi. Unga muvofiq, to‘g‘onlar, suv olish va chiqarish inshootlari ta’mirlanmoqda, nasos agregatlari tiklanmoqda.


Taqdimotda ushbu ishlar va oldindagi vazifalar haqida axborot berildi.


Davlat rahbari barcha suv omborlarini modernizasiya qilish orqali xavfsizligini oshirish, gidromexanik uskunalar va o‘lchov qurilmalarini yangilab, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Bu orqali hamma ish jarayoni aksiyadorlik jamiyatining situatsion-tahlil markaziga onlayn ulanadi hamda yiliga qo‘shimcha 120 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.


Bundan tashqari, Hisorak va Ohangaron suv omborlarida yillik 22 million kilovatt soat quvvatli 2 ta yangi kichik GES quriladi.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga suv omborlari holatini monitoring qilib, kosmik surat va ma’lumotlar bilan ta’minlash topshirildi.


Kichik gidroelektr stansiyalari qurilishiga xususiy sektorni jalb qilish, oliy ma’lumotli va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash vazifalari ham ko‘rsatib o‘tildi.


Aholining hayot sifati va salomatligi omillaridan biri – toza ichimlik suvi. Lekin bugungi kunda Surxondaryo ahlining atigi 58 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan, xolos. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz shahrida suv mineralizasiyasi miqdori yuqori.


Shu bois Prezident o‘tgan yili To‘palang suv omboridan tarmoq tortish tashabbusini ilgari surgan edi. Bu bo‘yicha loyiha ishlab chiqilib, ishga kirishildi. Bugungacha 47 kilometr quvur tortilib, ichimlik suvi Sariosiyo markazigacha olib borildi. Yil yakunigacha Denov va Sho‘rchi tumanlariga yetkazish rejalashtirilgan.


Loyihaga ko‘ra, bir kecha-kunduzda 200 ming kub metr suv tozalash inshooti, qariyb 400 kilometr magistral quvur tortiladi. Natijada hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 90 foizga yetadi.


Davlat rahbari buning uchun tuman va mahallalar ichidagi quvurlarni ham tiklash, yangi tarmoqlar qurish va sifatli xizmatni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.