O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Uchrashuvda xalqaro siyosat masalalari va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

Bugun, 8 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 


Jahonning bosh halqaro tashkiloti delegasiyasi tarkibida uchrashuvda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari Olga Algayerova va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana ham ishtirok etdi.


O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida BMTning institut va markazlari bilan ko‘p qirrali va samarali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.


Delegasiya rahbari O‘zbekiston yetakchisiga tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ta’kidlanishicha, BMT O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik siyosatni, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan hamda 2030 yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasidagi global kun tartibining asosiy vazifalariga to‘liq mos bo‘lgan tub islohotlar dasturini yuksak baholaydi.


Bugungi kunda O‘zbekiston BMTning barcha tuzilmalari bilan faol hamkorlik qilmoqda – birgalikda turli yo‘nalishlarda 200 dan ziyod loyihalar amalga oshirilmoqda. 


Keyingi yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkilot Bosh Assambleyasining qator muhim maxsus rezolyusiyalari qabul qilindi. Bundan tashqari, ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilingan Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha BMT Trast fondi tashkil etildi.


BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YUNESKO, YUNIDO, FAO, global tashkilotning boshqa tuzilmalari bilan samarali amaliy hamkorlik kengaymoqda.


Uchrashuvda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning, eng avvalo, aholi turmush sifatini yaxshilash va farovonligini yuksaltirishga qaratilgan asosiy maqsadlari ijrosini ta’minlash uchun hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.


Kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni ilgari surish, gender tenglik bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish, “yashil” energetikani jadal rivojlantirish, innovasiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilmani modernizasiya qilish va boshqa  masalalar yana bir bor sheriklikning ustuvor sohalari sifatida qayd etildi.


Xalqaro siyosat masalalari va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.


BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda ulkan muvaffaqiyatlarga erishganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
O‘zbekistonning Afg‘onistonda bardavom tinchlikni ta’minlashga hamda ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga, shu jumladan yirik transport va energetika loyihalarini ilgari surish orqali ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.


Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti institut va tuzilmalari bilan keng ko‘lamli hamkorligini qabul qilingan “yo‘l xarita”lari asosida yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi | Zamon.uz