Ohangaronda “Toshkent viloyati imtihon markazi” ochildi
Endilikda viloyat aholisi “prava” olishda bo‘lib o‘tadigan imtihonlarni shu yerda topshiradi.

Bugun, 9 iyun kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida umumiy maydoni 2,9 gektar bo‘lgan “Toshkent viloyati imtihon markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov, Komil Allamjonov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etgan.
Qayd etishilicha, endilikda viloyat aholisi transport vositasini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olishda bo‘lib o‘tadigan amaliy va nazariy imtihonlarni shu yerda topshiradi.
Imtihon jarayonlarida deyarli inson omili ishtirok etmaydi. Bu esa har topshiruvchi uchun ham oluvchi uchun har tomonlama qulaylik yaratib, turli holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.







