O'zbekiston

Samarqanddagi savdo do‘konlarida yana yong‘in chiqdi

Joriy haftada viloyatda ketma-ket 3 ta yong‘in sodir bo‘ldi.

Samarqanddagi savdo do‘konlarida yana yong‘in chiqdi

 

Bugun, 9-iyun kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi savdo do‘konlarida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma'lum qildi. 


Qayd etilishicha,  Oqdaryo tumani “Loyish” MFY A. Temur shohko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida soat 03:50 da tuman FVBga xabar kelib tushgan.


Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv guruhi va bitta yordamchi avtomashina (kamaz) soat 03:56 da voqea joyiga yetib borib, soat 04:45 da bino qurshab olingan va soat 05:37 da yong‘in bartaraf etilgan.


Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida mebel, xo‘jalik mollari va oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 200 kvadrat metr maydonida shift, tom va jihozlar yonib zararlangan.


“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.


Eslatib o‘tamiz, joriy haftada Samarqand viloyatida yong‘in bilan bog‘liq ketma-ket 3 ta holat qayd etildi. Xususan, 7-iyun kuni Samarqand shahridagi 2 ta MCHJ binosida, 8-iyun kuni Oqdaryo tumanidagi “Qang‘li” qabristonida yong‘in chiqqandi. Bundan tashqari, 5-iyun kuni Narpay tumanidagi dehqon bozorida ham yirik yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Javohirbek TURSUNOV

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqanddagi savdo do‘konlarida yana yong‘in chiqdi | Zamon.uz