Samarqandda sayyohlarga elektromobillar ijaraga beriladi
Хизмат кўрсатиш 10 июндан бошланади.

Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirishga masʼul o‘rinbosari R.Qobilov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qilishicha, endilikda turistlarga elektromobillar ijaraga beriladi.
Mazkur xizmat tajriba sifatida Samarqand xalqaro aeroportida 10-iyundan ish boshlashi aytilmoqda
“Volkswagen” va “Mersedes-Benz” elektromobillarida wi-fi orqali internet ham uzatiladi.
Shuningdek, talabga ko‘ra chet tillaridan tarjimon va gid xizmati ajratilishi rejalashtirilgan.







