O'zbekiston

Surxondaryoda YPX xodimini haqoratlab, uning qarindoshlariga tuhmat qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Fuqaro o‘z qilmishidan pushaymon ekanini aytib, xodimning oila a’zolaridan uzr so‘ragan.

Surxondaryoda YPX xodimini haqoratlab, uning qarindoshlariga tuhmat qilgan haydovchi qo‘lga olindi

 

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida YPX inspektorini haqorat qilib, buni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan fuqaro qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat birdirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 6-iyun kuni M-41 xalqaro avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Denov tumani Lochin mahallasi hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Neksiya haydovchisi N. mazkur yo‘nalishda Kobalt rusumli avtomashinada xizmat olib borayotgan xodim J. ni har xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, uning yaqin qarindoshlari nomiga tuhmat qilgan va holatni o‘zining mobil telefoni orqali tasvirga olib, ijtimoy tarmoqlarga tarqatgan. Shundan so‘ng u IIB organlaridan yashiringan.

 

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB va Denov tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida haydovchi Denov tumani hududida ushlangan.


“Nimagadir kallam o‘zimda emas edi. Ichganim yo‘q, chekkanim yo‘q. O‘zim bilmagan holda videoni ijtimoiy tarmoqqa tarqatdim”, — deydi haydovchi.

 

Dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda, fuqaro muqaddam sud tomonidan Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan aybli deb topilib, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, ijro organlaridan yashirinib yurgani aniqlangan.

 

Navbatdagi harakatida Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan holatlar (ichki ishlar organi xodimiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani, sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish) borligi aniqlanib, kelgusida qonuniy to‘xtamga kelish uchun Denov tumani prokuraturasiga taqdim etilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda YPX xodimini haqoratlab, uning qarindoshlariga tuhmat qilgan haydovchi qo‘lga olindi | Zamon.uz