Akmal Saidov siyosiy partiyalarni faollikka chaqirdi
Bu Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar bilan bog‘liq.

Bugun Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Komissiya rahbari Akmal Saidov asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha partiyalarning faolligi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda eng faol va ko‘p taklif bergan Siyosiy partiya O‘zLiDeP bo‘lib turibdi. Ishbilarmonlar va tadbirkorlar harakati 242 taklif taqdim etgan.
“Umuman, 5 partiya fraksiyalaridan 471 murojaat kelib tushdi. Xususan, “Milliy tiklanish” 21 ta, XDPdan 108 ta, “Adolat” SDPdan 85 ta, Ekopartiyadan 15 ta taklif berilgan”, – deb qayd etdi Saidov.
Konstitutsiyaviy komissiya raisi Oliy Majlis vakillarining faolligiga alohida to‘xtaldi. Jumladan, Qonunchilik palatasining 61 deputati va Senatning 11 nafar aʼzosi aniq takliflar bergan.







