Jahon

AQSHda qurol sotib olish yoshi o‘zgaradi

Mazkur qonun Senatda Respublikachilar tomonidan bloklanishi ham mumkin

AQSHda qurol sotib olish yoshi o‘zgaradi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Vakillar palatasi mamlakatning turli hududlarida jumladan Texasning Yuvalde shahrida sodir bo‘lgan so‘nggi otishmalardan so‘ng yarim avtomatik qurol sotib olish yoshini 18 dan 21 ga oshiruvchi qonun loyihasini maʼqulladi.Bu haqda CNBC xabar berdi.

 

 

Maʼlum qilinishicha,Texasdagi boshlang‘ich maktablardan birida sodir bo‘lgan ommaviy otishma bilan bog‘liq fojiadan ikki hafta o‘tib, kecha, 8 iyun kuni AQSH kongressi vakillar palatasi demokratlarning ko‘pchilik ovozi bilan qurollar sotib olish bo‘yicha yoshni 18 yoshdan 21 yoshgacha oshirish bo‘yicha qonun loyihasini maʼqulladi.

Deyarli barcha demokratlar va respublikachilarning bir qismi qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasiga 228 deputat “yoqlab” va 199 deputat “qarshi” ovoz berdi.

 

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘tgan hafta xalqqa qilgan murojaatida mamlakatda yarim avtomatik qurollarni taqiqlashni, agar buning iloji bo‘lmasa, sotib olish yoshini 21 yoshga ko‘tarishga chaqirgandi.

custom img

AQSHning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga dronlar zarba berdi

Donald Tramp elchixonaga qilingan hujum javobsiz qolmasligini bildirdi.

custom img

Dubaydan Toshkentga yo‘lovchilarsiz parvoz amalga oshirildi

Fors ko‘rfazidagi notinchlik tufayli havo hududi yopilgan Dubay xalqaro aeroportidan Toshkentga ilk texnik reys uchirildi.

custom img

"Eronga qarshi operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyormiz" — Tramp

Dastlab barcha harakatlarni 3–4 hafta ichida yakunlash rejalashtirilganiga qaramasdan amaliyot muddati cho‘zilishi ham mumkin.

custom img

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eronda 500 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hujumlar davomida Eronning 131 shahri nishonga olingan.

custom img

AQSh bilan hech qanday muzokara olib borilmaydi — Eron

Tehron AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimolini qat’iyan rad etdi va vositachilar orqali aloqalar haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.

custom img

AQSh Kubaga qarshi harbiy operatsiya ehtimolini ko‘rib chiqmoqda

AQSh ma’muriyati Venesuela va Eronga qarshi operatsiyalar natijalariga qarab Kubaga nisbatan harbiy yoki diplomatik choralarni tahlil qilmoqda.

custom img

Isroil armiyasi Netanyaxu ofisiga hujum haqidagi da’volarni rad etdi

IDFning ta'kidlashicha, IRGC ko'pincha yolg'on ma'lumotlar tarqatadi.

custom img

Shimoliy Koreya AQSh va Isroilning Eronga hujumlarini qoraladi

KXDR Eronga qarshi harbiy operatsiyalarni noqonuniy tajovuz deb atadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

AQSHda qurol sotib olish yoshi o‘zgaradi