O'zbekiston

Bojxona instituti xodimi 6 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U sirdaryolik fuqaroni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Bojxona instituti xodimi 6 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

 

Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. 


O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti xodimi E. Z. Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, joriy yil uchun mazkur oliy ta’lim muassasasiga qabul tugaganligini aytib, uning o‘g‘lini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qiladi.


Ammo u so‘ralgan pulni olgan vaqtida DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Bu yo‘nalishda DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham IJQK departamenti xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.


Bag‘dod tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan I. L. mazkur tumanda istiqomat qiluvchi ayolning qizini Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.


Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida u ushbu pul mablag‘ini Toshkent shahrida yashovchi, 1997 yilda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida tug‘ilgan Q. S. ga olib borib berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirilgan hamda u ham pulni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.


Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bojxona instituti xodimi 6 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz