Bugun KXSHT tashqi ishlar vazirlari uchrashadi
Uchrashuv Yerevanda bo‘lib o‘tadi.

KXSHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari 10 iyun kuni Yerevanda yig‘iladi. Bu haqda tashkilot maʼlumot berdi.
“10 iyun kuni Yerevanda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan boshchiligida KXSHT tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas qatnashadi”, – deyiladi xabarda.
TIV rahbarlari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik holatini muhokama qiladi.
Avvalroq KXSHT Afg‘oniston-Tojikiston chegarasini mustahkamlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.







