O'zbekiston

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar taqdirlanadi

Prezident farmoniga binoan, jami 25 nafar professor-o‘qituvchiga davlat mukofoti topshiriladi.

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar taqdirlanadi

 

Bugun, 10 iyun kuni “O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.


Unga qo‘ra, milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy ma’naviy merosi va an’analarini asrab-avaylash hamda jahon miqyosida keng targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi, talaba yoshlarga o‘zbek va jahon mumtoz san’ati durdonalari va zamonaviy yutuqlarini o‘rgatish, ularning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, yuksak professional mahorat va malakaga ega bo‘lgan soha vakillarini tayyorlash borasidagi katta xizmatlari, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasini oshirish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
—Fayziyeva Madina Muxsinovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi mudiri

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
—Abdullayeva Inna Anvarovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining fakultetlararo fortepiano ijrochiligi kafedrasi professori
—Muxamedova Galina Iminovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan
—Galushenko Irina Georgiyevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori
—Mansurov Avaz Maksudovich - B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
—Abduraximova Firuza Ravshanovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining orkestr dirijyorligi kafedrasi professori
—Rizayeva Mukadas - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
—Abdullayev Rustambek Samigovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek musiqasi tarixi kafedrasi professori
—Matyakubova Svetlana Kaxarovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi professori
—Xakimova Afrida Xodjayevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xor dirijyorligi kafedrasi professori

 

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
—Muxtarova Flora Shaaxmedovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi professori
—Rasulova Tatyana Salixovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori

 

“Do‘stlik” ordeni bilan
—Gringof Anna Genrixovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kamer musiqasi kafedrasi dosenti
—Djumayeva Lyuba - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xor dirijyorligi kafedrasi professori
—Izmailov Ali Muslimovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining puflama va zarbli cholg‘ular kafedrasi dosenti
—Kalliyev Abatbay Nagmetullayevich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi o‘qituvchisi
—Matveyeva Yelena Nikolayevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining torli cholg‘ular kafedrasi dosenti

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
—Atadjanov Muxammad Abdusharipovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi dosenti
— Nasirova Yulduz Mirxamedovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori
— Xodjayeva Ro‘zibi Madiyevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi professori

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan
—Maxarov Nodirbek Tolkunovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi katta o‘qituvchisi

 

“Shuhrat” medali bilan
—Abrarova Mavjuda Sharipovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining orkestr dirijyorligi kafedrasi yetakchi xor artisti
—Axundjanova Natalya Adilovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
—Ikramov Ilxam Inogamovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi professori
—Kasimova Malika Baxritdinovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining konsertmeysterlik mahorati kafedrasi professori.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar taqdirlanadi | Zamon.uz