O'zbekiston

Samarqandda Zil avtomobili yonib ketdi

Bu joriy haftada viloyatda ro‘y bergan 4-yong‘in.

Samarqandda Zil avtomobili yonib ketdi

 

Kecha, 9-iyun kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Zil” avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.


Xabarda aytilishicha, shu kuni soat 10:02 da “Guliston” MFY Uvaysiy ko‘chasida Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi fuqaro X. J. boshqaruvidagi “Zil” rusumli yuk avtomashinasi va unga yuklangan somon toylarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.


Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:11 da yetib borib, yong‘in soat 10:15 da qurshab olingan va soat 10:50 da bartaraf etilgan.


Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshiriv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy haftada Samarqand viloyatida yong‘in bilan bog‘liq ketma-ket 4 ta holat qayd etildi. Xususan, 7-iyun kuni Samarqand shahridagi 2 ta MCHJ binosida, 8-iyun kuni Oqdaryo tumanidagi “Qang‘li” qabristonida va 9-iyun kuni xuddi shu tumandagi savdo do‘konlarida yong‘in chiqqandi. Bundan tashqari, 5-iyun kuni Narpay tumanidagi dehqon bozorida ham yirik yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Javohirbek TURSUNOV

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda Zil avtomobili yonib ketdi | Zamon.uz