O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev BAAning Hukumat ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi

Uchrashuvda innovatsiyalar va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlik qilish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev BAAning Hukumat ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 


O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.


Vazir Muhammad al-Gargaviy O‘zbekiston rahbariga Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va BAA Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.


Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohot va yangilanishlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani, uning samarali ro‘yobga chiqarilishida zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.


Qayd etilishicha, keyingi yillarda O‘zbekiston-BAA munosabatlari jadal rivojlanib bormoqda. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va investisiyalar hajmi o‘smoqda. Jumladan, joriy yil boshidan o‘zaro savdo ikki barobarga ko‘paydi, mamtlakatda 45 ta yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.


Iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtirish va ilgari surish bo‘yicha ta’sirchan tizim asosida Amirliklarning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokida investisiyalar hajmi qariyb 3 milliard dollar bo‘lgan 17 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.


“Mubadala” kompaniyasi bilan hamkorlikda Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi quvvatlarini kengaytirish, “Masdar” kompaniyasi bilan esa O‘zbekiston hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.


Yetakchi “DP World” kompaniyasi bilan “Navoiy” multimodal xabi va iqtisodiy zonasini rivojlantirish, shuningdek, bojxona ma’muriyatchiligi tizimini modernizasiya qilish  masalalari ishlab chiqilmoqda.


Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, logistika, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.


Muzokaralar chog‘ida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish borasidagi, “Bir million dasturchi” dasturi va Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori faoliyati doirasidagi hamkorlikning amaliy natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.


Innovasiyalar va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlik qilish, muhim tarmoqlarni isloh qilish, davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish va zamonaviy kadrlarni tayyorlash yuzasidan muloqotni kengaytirish uzoq muddatli sheriklikning yangi yo‘nalishlari sifatida belgilandi.


Qabul qilingan qarorlar va uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni to‘liq amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev BAAning Hukumat ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi | Zamon.uz