Toshkentda valyutafurush salkam 50 mln so‘mni dollarga almashayotgan vaqtida qo‘lga tushdi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan ish ochilgan.

Toshkent shahrining Zangiota tumanida valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Departament hamda IIBning Zangiota tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Chilonzor tumani “Bekto‘pi” bozor hududida muntazam valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan A. T. fuqaro U. ga 4300 AQSH dollarini 47,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







