Farg‘onada Orlando ham butunlay yonib ketdi
Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Bugun, 12-iyun kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida Orlando rusumli avtomashinada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 09:56 da Yozyovon tumani “Yangibo‘ston” MFY xududida xarakatlanib ketayotgan Orlando rusumli avtomobilning texnik nosozligi sabab yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in-qutqaruv guruhi soat 10:14 da voqea joyiga yetib borgan va olov soat 10:19 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish holati qayd etilmagan. Hodisaga elektr simlarinining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Kaptiva butunlay yonib ketgandi.







