Namanganda hokimlikka tegishli “Tracker” jarimaga tortildi
Holat bo‘yicha viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati Chortoq tumanida “Tracker” rusumli avtomashina miltillovchi chiroqlar o‘rnatgan holda harakatlangani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur transport vositasi (davlat raqam belgisi 50 077 DAV) Chortoq tumani hokimligiga tegishli bo‘lib, avtomashina haydovchisi uni maxsus moslama, ya’ni miltillovchi chiroqlar o‘rnatib olgan holda boshqargan.
Hozirda transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilib, haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.







