Rossiya Jahon sayyohlik tashkiloti tarkibidan chiqdi
Avvalroq BMT Rossiya tashkilotdan chiqarilishini e’lon qilgandi.

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiyaning BMT Jahon sayyohlik tashkiloti tarkibidan chiqishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.
Joriy yilning 27-aprel kuni BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Rossiya 2022-yil oxirigacha tashkilotdan chiqishini e’lon qilgan. Bu qaror Rossiya-Ukraina mojarosi bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun: SSSR mazkur tashkilotga 1975-yilda a’zo bo‘lgan. Rossiya Sovet Ittifoqining huquqiy vorisi sifatida unda qolgandi.







