Jahon

Keyingi o‘n yilda yadro qurollari soni keskin ko‘payishi mumkin

Ushbu masala yuzasidan maxsus hisobot eʼlon qilindi.

Keyingi o‘n yilda yadro qurollari soni keskin ko‘payishi mumkin

 

Yadro arsenallari kamayishi jarayoni sekinlashdi. Bu haqda Stokgolm tinchlik muammolari xalqaro  tadqiqotlar instituti maʼlum qildi.

 

Institut ishlab chiqqan maxsus hisobotda shu haqda so‘z boradi. Yaqin o‘n yil ichida yadro qurollari soni keskin oshishi ehtimoli mavjudligi qayd etilgan.

 

Bundan tashqari, ushbu ommaviy qirg‘in quroli qo‘llash xavfi so‘nggi yillarda maksimum darajaga yetganiga eʼtibor qaratilgan. Rossiya-Ukraina mojarosi esa to‘qqiz yadro davlatlari orasida keskinlikni oshirgan.

 

Institut taxminlariga ko‘ra, AQSH, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Isroil, Shimoliy Koreya va Pokistonda yadro kallaklari soni 12705 dan oshdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan past. 2021 yil yanvarida ularning soni 13080 tani tashkil etgandi.  Ammo institut maʼlumotlariga ko‘ra, bu asosan eski tizimlarni safdan chiqishi hisobiga yuz bergan.

 

Rossiya va AQSH hisobiga barcha yadro qurollarining 90 foizi to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, Moskva dunyoda eng yirik yadro arsenaliga ega (5977 kallak; AQSHga nisbatan 550 taga ko‘p).

 

Bundan tashqari, so‘nggi vaqtlarda Xitoy yadro dasturini faollashtirmoqda: hozirda Pekin ixtiyorida raketalar otish uchun 300 yangi shaxtalar mavjud.

 

“Sovuq urush boshlanganidan so‘ng kuzatilgan yadro arsenallarining global qisqarishi tugaganining yaqqol belgilari bor”, – degan institut ilmiy xodimi Xans M. Kristensen.

 

Hisobot mualliflarining taʼkidlashicha, BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy aʼzolari bo‘lgan davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy) 2022 yil 3 yanvarida o‘z yadro salohiyatini kamaytirish yuzasidan bergan bayonotlariga qaramay, ushbu turdagi qurollarini takomillashtirishda davom etmoqda.

 

Hindiston va Pokiston ham shu yo‘lda, ular 2021 yilda yadro zaryadlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi tizim yaratgan.

 

Avvalroq Pentagon rahbari yadro urushida g‘oliblar bo‘lmasligini aytgandi.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Keyingi o‘n yilda yadro qurollari soni keskin ko‘payishi mumkin | Zamon.uz