Samarqandda psixotrop dori sotuvchilar ushlandi
Ular kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 10,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Samarqand shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashi dapatramenti.
Ma’lum qilinishicha, Departament, DXX hamda Milliy gvardiyaning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar O. U. va Sh. A. lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.A. ga 420 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 10,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







