Shavkat Mirziyoyev AQSH delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda Afg‘oniston masalasi va infratuzilmaviy loyihalar muhokama qilingan.

Bugun, 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi amaliy aloqalarni davom ettirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga, shu jumladan, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi tashabbus va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.







