O'zbekiston

Tarjimonlikdan kimyo muhandisligi taʼlimigacha: To‘rt farzandning 35 yoshli onasi Umida Tillabayevaning “Karyera pivoti” hikoyasi

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuqori mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, xalqaro miqyosdagi yirik loyihalarda ishtirok etgan va bugun ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Tillabayeva Umida Maxsumovna ko‘p qirrali faoliyati bilan yurtimizning munosib faxriga aylangan.

Tarjimonlikdan kimyo muhandisligi taʼlimigacha: To‘rt farzandning 35 yoshli onasi Umida Tillabayevaning “Karyera pivoti” hikoyasi

1987-yilda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan Umida Tillabayeva 2008-yilda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filialida bakalavriatni, 2014-yilda esa magistraturani tamomlagan. Olima bugungi kunda O‘zbekistonda kimyo sanoatini samarali boshqarish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri hisoblanadi.

 

    Qahramonimizning professional faoliyati 2011-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” tashkilotida hisobchi, tarjimon lavozimlarida ishlashdan boshlangan. Shundan so‘ng Umida xususiy sektorda ham o‘zini sinab ko‘rdi. 2015-yilda “Happy English Zone” nomli bolalar ingliz tili o‘quv markaziga rahbarlik qildi. Iqtisodiyot sohasida mustahkam oʻrin egallaganiga qaramay, 2021-yil dekabr oyidan boshlab oʻzining professional yoʻnalishida keskin oʻzgarish yasadi va D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filialida Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritishni boshladi.

 

    “Kimyo sanoati O‘zbekistonda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, modernizatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun katta salohiyatga ega. Ammo malakali mutaxassislar yetishmovchiligi sharoitida kadrlarni samarali boshqarishsiz barqaror rivojlanishga erishish qiyin. Shu bois mening tadqiqotimning asosiy maqsadi — mehnat resurslarini rivojlantirish va sanoatga innovatsiyalarni tatbiq etishdir”, – deydi olima.

 

    Umidaning ta’kidlashicha, aynan D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetidagi faoliyati mutaxassis uchun haqiqiy tajriba maydoni bo‘lgan. U yerda olgan bilim va ko‘nikmalar keyinchalik kimyo sanoati uchun muhim bo‘lgan bir qator loyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga zamin yaratgan. Shuningdek, kimyo ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli boshqaruv, avtomatlashtirilgan monitoring va samaradorlikni oshirishga qaratilgan yechimlarni o‘rganish, kimyo sanoati uchun zarur bo‘lgan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar, xususan, rivojlangan davlatlarning kimyo sanoati bo‘yicha ilg‘or tajribasini tahlil qilib, O‘zbekiston sharoitiga mos variantlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun yangi bilimlar to‘plash imkonini berdi.

 

    “Ilmiy-tadqiqot institutlari sabab ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasi rivojlanmoqda. Davlat tomonidan kimyo sanoatini rivojlantirishga oid strategiyalar ishlab chiqilgan. Xorijiy va mahalliy sarmoyalar jalb qilinib, yangi korxonalar ochilyapti, turli loyihalar amalga oshirilyapti. Bu investitsiya va davlat qo‘llab quvvatlovidan darak. Biroq kadrlar rivojining aniq tizimisiz haqiqiy innovatsion iqtisodiyotni qurish mushkul, ayniqsa, kimyo sohasida. Avtomatizatsiya va raqamli texnologiyalar yangi malakalarni talab qiladi. Biznes, ta’lim va mutaxassislarni qayta tayyor lashga katta e’tibor qaratish zarur. Ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rta sidagi integratsiya esa juda muhim”, – deydi qahramonimiz.

 

    Umida Tillabayevaning fikricha, O‘zbekistonda kimyo sanoatidagi asosiy muammo – mehnat bozori va ta’lim tizimi o‘rtasidagi nomuvofiqlik. Bitiruvchilar ko‘p holda mehnat bozorining real ehtiyojlariga to‘liq mos kelmaydi. Ayrim sohalarda mutaxassislar keragidan ko‘p, ayrimlarida esa, misol uchun IT, muhandislik, qurilish, agrar sohalarda malakali kadrlar tanqis. Zamonaviy iqtisodiyot raqamli salohiyatni talab qiladi, ammo aholining katta qismi bu borada ko‘nikmaga ega emas.

 

    Bu masalaning yechimi sifatida olima, eng avvalo, ta’lim tizimi va bozor ehtiyojlari o‘rtasida uyg‘unlikka erishish kerakligini ta’kidlaydi. “O‘quv dasturlarini bozor talabiga moslashtirib, STEM, ya’ni fan, texnologiya, muhandislik, matematika sohalariga e’tiborni kuchaytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, kasb-hunar ta’limiga investitsiyalar kiritish va amaliy mashg‘ulotlar orqali tajriba berish juda muhim. “Dual education” kabi modellar bu yo‘lda yaxshi samara beradi”, – deydi.

 

Shuningdek, universitetlar qoshida ilmiy-texnik startaplar, raqamli texnologiyalarni joriy etish, elektron mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish va davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhim choralar sirasiga kiradi. Yangi O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi islohotlar ijobiy harakatlardan darak bermoqda: yosh mutaxassislar shakllanmoqda, startaplar uchun grant va subsidiyalar ajratilyapti; texnoparklar tashkil etilyapti; investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilyapti. Bularning barchasi mehnat resurslarini zamonaviylashtirish, raqamlashtirish va inno vatsion siyosatni uyg‘un ravish da amalga oshirishga xizmat qiladi, - deb ta’kidlaydi u.

 

    Bugungi kunda Umida Tillabayeva o‘z kasbining eng yetuk vakillaridan biri. Qahramonimiz faoliyati davomida D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining barcha talabalarini birdek qo‘llab-quvvatlab, kelajakda respublikamiz rivojiga hissa qo‘sha oladigan qimmatli kadrlar bo‘lib yetishishi uchun ularga zarur barcha bilim, ko‘nikma va motivatsiya ulashib kelmoqda. Bu sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq yoshlar ham turli xalqaro konferensiyalar, tanlov va loyihalarda faol qatnashib, nafaqat universitet, balki butun O‘zbekistonni jahon miqyosida yuksak saviyada himoya qilmoqda.

 

    Shuningdek, Umida “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish (O‘zbekiston kimyo sanoati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ustida ishlamoqda.

 

    Ilmiy, professional sohalardagi serqirra faoliyat qahramonimizni ijtimoiy va oilaviy hayotda ham faol bo‘lishdan cheklamagan. Hozirda u 4 farzandning mehribon onasi.

 

    Umida Tillabayevaning karyera faoliyati hali bundan-da yuqori natijalarni qayd etishiga ishonchimiz komil.

 

                                                                                                                                              Nihola Abduvahidova

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.