Toshkentda “Qo‘yliq” bozoridagi tunnel yopilmoqda
Yo‘lovchilarga boshqa yerosti yo‘lidan foydalanish tavsiya qilindi.

Yo‘l-qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan TXAY (Toshkent Xalqa Avtomobil Yo‘li)da joylashgan “Kompas” savdo majmuasi va “Qo‘yliq” dehqon bozori oralig‘idagi yerosti o‘tish yo‘li vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu vaqt davomida piyodalar TXAYdagi 9 qavatli uy va “Qo‘yliq” kiyim bozori oralig‘ida joylashgan yerosti piyodalar o‘tish yo‘lidan foydalanishlari mumkin.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.







