O'zbekiston

Abdurahmonov Gofurjon Andijon shahriga hokim bo‘ldi

Tayinlovga qadar u “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisining maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Abdurahmonov Gofurjon Andijon shahriga hokim bo‘ldi

 

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Andijon shahar hokimi etib Abdurahmonov Gofurjon Gulamjanovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.


Abdurahmonov Gofurjon Gulamjanovich 1976 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1994 yili Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi ekspeditori, 2-toifali hisobchisi, 1-toifali hisobchisi, yetakchi eksperti vazifasidan boshlagan.


1997-2022 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati bo‘limi Poytug‘ filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, Paxtaobod tuman filiali boshqaruvchisi, viloyat bo‘limi boshqaruvchisining o‘rinbosari, so‘ng viloyat bo‘limi boshqaruvchisi, Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i, ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisining o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar Abdurahmonov Gofurjon Gulamjanovich, ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisining maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Abdurahmonov Gofurjon Andijon shahriga hokim bo‘ldi | Zamon.uz