AQSH Fransiya bilan qurol savdosi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi
Tomonlar ushbu masalani hal qilish uchun strategik guruh tuzgan.

AQSH va Fransiya qurol-yarog‘ savdosi yuzasidan muloqot boshladi. U Eurosatory 2022 ko‘rgazmasi doirasida olib borilmoqda.
Pentagonning maʼlum qilishicha, muzokaralar davomida Amerika-Fransiya qurol savdosi bo‘yicha strategik guruhining majburiyatlari belgilangan. Ikki davlat mudofaa va tashqi ishlar vazirligi vakillari bu bo‘yicha hujjat imzolagan. Unda strategik guruhning bu yil yana bir marotaba uchrashishi belgilangan.
Ushbu guruh mudofaa bozorlariga kirish va transmilliy kelishuvlarning samaradorligi, bundan tashqari, eksport masalalari bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, mudofaa texnikasi va sanoat bazalarining kiberhimoyasi yuzasidan muzokara o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq dunyoda yadro qurollari soni oshishi xavfi mavjudligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







