Jahon

AQSH Ukrainaga yetkazib berilgan yordam “noto‘g‘ri qo‘llar”ga tushishi mumkinligidan xavotirda

Bir qator amaldorlar buning ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qilgan.

AQSH Ukrainaga yetkazib berilgan yordam “noto‘g‘ri qo‘llar”ga tushishi mumkinligidan xavotirda

 

AQSH va NATOning zarur nazoratisiz Ukrainaga yetkazib berilayotgan yordam noto‘g‘ri maqsadlarda ishlatishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi sobiq va amaldagi AQSH oliy martabali amaldorlariga tayanib xabar berdi.

 

Xususan, Afg‘onistonni tiklash masalasi bo‘yicha AQSH hukumati bosh inspektori Jon Sopko “o‘g‘riliklar muqarrar”ligi to‘g‘risida gapirgan.

 

“Noto‘g‘ri foydalanish va yon bosishlardan qochib-qutulish mumkin emas. Ahmoqona qarorlar bo‘lishi aniq. Oradan ikki yil o‘tib biz o‘g‘rilik va suisteʼmolliklar haqida xabar topamiz”, – degan Sopko.

 

Pentagon sobiq xodimi Mark Kensianning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiy mojarogacha korrupsiya masalasida tanqidlarga uchragan va bu illat hamon yo‘qolgani yo‘q.

 

“Agar Ukraina oligarxlari Amerika soliq to‘lovchilari hisobiga yaxtalarda suzsa, bu AQSH qonun chiqaruvchi hokimiyati uchun katta zarba bo‘ladi”, – deb taʼkidlagan u.

 

Shu bilan birga gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, hozircha Kiyev tomonidan G‘arb ko‘rsatgan yordamdan noto‘g‘ri foydalanish holatlari kuzatilmagan. Ammo NATO va Vashington tomonidan uning taqsimoti to‘g‘ri nazorat qilinmas ekan, “buning sodir bo‘lishi faqat vaqt masalasiga aylanadi”.

 

Avvalroq Interpol Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurollar qora bozorga o‘tishi xavfi borligini maʼlum qilgandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH Ukrainaga yetkazib berilgan yordam “noto‘g‘ri qo‘llar”ga tushishi mumkinligidan xavotirda | Zamon.uz