Bayden 2024 yilda ham saylovlarda ishtirok etadi
Oq uy bu bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.

Jozef Bayden 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer maʼlum qildi.
“Prezident bir necha marotaba 2024 yilda nomzodini ilgari surishi aytgan. Fikrimcha, u buni amalga oshiradi”, – degan matbuot kotibi.
Bundan tashqari, u Baydenning yoshi saylovda ishtirok etish uchun to‘siq bo‘lmasligini aytgan. AQSH yetakchisi hozirda 79 yoshda.
Avvalroq Baydenning Saudiya Arabistoniga borishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







