O'zbekiston

Bugun respublikaning ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lishi kutilyapti

Vodiy viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun respublikaning ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lishi kutilyapti


“O‘zgidromet” 15-iyun kuni soat 20:00 gacha kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.


Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.


Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.


Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.


Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.


Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.


Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

 

custom img

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi

Yil oxirigacha Toshkent metropoliteniga yana 11 ta yangi poyezd olib kelish rejalashtirilgan.

custom img

O‘zbekistonda jazirama sabab elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetishi kutilmoqda

Elektr tarmoqlarida avariyalarning oldini olish maqsadida profilaktik nazorat kuchaytirilib, ayrim mas’ul rahbarlar lavozimidan ozod etildi.

custom img

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi, mamlakatning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

custom img

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan yuqori haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan qariyb 400 ming haydovchiga ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Cheklovlar 13-iyuldan boshlanib, hududlarga qarab 15–18-iyulgacha amal qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"