Jahon

Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya harbiylari harbiy mashg‘ulotlarni keskin ko‘paytirmoqchi

KXDR raketa sinovlari bunga sabab bo‘lgan.

Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya harbiylari harbiy mashg‘ulotlarni keskin ko‘paytirmoqchi

 

Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya harbiylari Gavayi orollarida harbiy mashg‘ulot o‘tkazmoqchi. Bu haqda Yonhap  agentligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Pacific Dragon mashg‘ulotlari 1-14 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Vashington, Seul va Tokio KXDR raketa sinovlari fonida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqchi.

 

O‘tgan haftada uch davlat mudofaa vazirlari Singapurda uchrashgan hamda harbiy mashg‘ulotlarni doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olgan. Bundan tashqari, bu yilgi o‘quv mashqlarida Kanada va Avstraliya ham ishtirok etishi mumkin.

 

Yilning ikkinchi yarmida Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya raketa uchirilishidan ogohlantiruvchi tizimlarni ham sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek, 29 iyundan 4 avgustgacha uch davlat harbiy kemalari RIMPAC (Rim of the Pacific — Tinch okeani doirasi) mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

 

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol KXDRga qatʼiy javob berishga tayyorligini aytgandi.

 

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"