O'zbekiston

Samarqandda bir kun ichida 2 ta yong‘in sodir bo‘ldi

Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.

Samarqandda bir kun ichida 2 ta yong‘in sodir bo‘ldi

 

Bugun, 14 iyun kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida tirkamaga ortilgan somonlarning yonishi bilan bog‘liq ikkita holat kuzatildi. Bu bo‘yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, soat 13:07 larda “101” qisqa raqami orqali Pastdarg‘om tumani “Olti Qahramon” MFYda traktor tirkamasiga yuklangan somon o‘ramlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan va soat 13:44 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida 100 ga yaqin somon o‘rami yonib zararlangan. 


Shuningdek, soat 13:11 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Navbahor” MFYda traktorning 2 ta tirkamasiga yuklangan somonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot qabul qilingan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan va soat 13:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida taxminan 400 kg somon yonib zararlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda bir kun ichida 2 ta yong‘in sodir bo‘ldi | Zamon.uz