Urush tugamaguncha Ukraina Yevroittifoqqa qo‘shilolmaydi
Ukraina tashkilotga a’zo bo‘lishi uchun mamlakatda jangovar harakat to‘xtatilishi kerak.

Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun mamlakatda jangovar harakatlar to‘xtatilishi kerak, dedi Fransiya tashqi ishlar vazirining Yevropa ishlari bo‘yicha delegati Kleman Bon. Unga ko‘ra, Ukrainaning a’zolik shartlari urush tugaganidan keyingina muhokama qilinishi lozim.
Bir kun avval Yevrokomissiya Ukraina, Moldova va Gruziyaning YeIga a’zolikka nomzod maqomini berish haqidagi arizalari bo‘yicha dastlabki munozaralar o‘tkazgan.
Yevropa komissiyasi 17-iyun kuni mamlakatlarning arizalari yuzasidan qaror qabul qilishi kutilmoqda. Ammo Yevropa Ittifoqi yetakchilari bu masalani kelasi hafta muhokama qiladi.







