O'zbekiston

Surxondaryoda to‘yi kuni kelinni urgan kuyovga chora ko‘rildi

Unga nisbatan mayda bezorilik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryoda to‘yi kuni kelinni urgan kuyovga chora ko‘rildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y kuni sahnada kelin-kuyov o‘yin o‘ynab, musobaqalashgani, natijada yigit yutqazib, alamidan qizni urgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.


Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yi marosimida kelin va kuyovga o‘ralgan holda shirinlik berilgan va uni kim birinchi bo‘lib ochish (“Syurpriz” o‘yini) o‘yini o‘tkazilgan.


O‘yin davomida kelin birinchi bo‘lib shirinlikni ochganligi sababli bu holatdan kuyovni jahli chiqib, kelinni bir marotaba urgan.


“Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X. R. (quyov)ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborildi”, — deyiladi xabarda.


Bundan tashqari, kelin-kuyov va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda to‘yi kuni kelinni urgan kuyovga chora ko‘rildi | Zamon.uz