“Toshkent – Volgograd” yo‘nalishida poyezd harakati tiklanmoqda
Qatnov 25-iyundan amalga oshiriladi.

“Toshkent – Volgograd – Toshkent” yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezd haftaning shanba kuni soat 23:58 da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va seshanba kuni soat 09:56 da Rossiya Federatsiyasining “Volgograd” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.
Volgograddan esa seshanba kuni soat 19:59 da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga juma kuni soat 06:54 da yetib keladi.
Chipta narxi to‘g‘risidagi maʼlumotni, sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqal bilib olish mumkin.
Maʼlumot uchun, kassa badali to‘lanmasligi hisobiga elektron chipta sotib olish arzonroq bo‘ladi.







