O'zbekiston

Binoda sharoit bor, muvaffaqiyat yo‘q — Shavkat Mirziyoyev

Prezident bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi.

Binoda sharoit bor, muvaffaqiyat yo‘q — Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun, 17 iyun Prezident Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.


Davlat rahbari bu muassasaning eski binosini o‘tgan yili 14 mayda borib ko‘rgan edi. U paytda shifoxona Respublika gematologiya markazi bo‘lib, kattalarga ham, bolalarga ham bir joyda xizmat ko‘rsatilardi. Dori ta’minoti yetarli bo‘lmagani, ximiya terapiya usullari yo‘lga qo‘yilmagani sababli davolanish samaradorligi 30 foizdan oshmasdi.


Binodagi sharoitlar ham achinarli edi. Bir xonada 3-4 bemor yotar, sanitar xonalar umumiy edi. Ovqat uchun har bir bemorga kuniga 11 ming so‘m ajratilgan, xolos. Laborator tahlillarning yarmi xususiy klinikalarda o‘tkazilardi.


Shundan so‘ng Prezident 2021 yil 27 may kuni “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan. Unga muvofiq, bolalar gematologiyasi va onkologiyasi sohasi kattalar shifoxonasidan ajratilib, alohida markazga aylantirildi. Bu muassasa uchun Toshkent shahri Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida qurilgan yangi bino berildi va joriy yil yanvardan ish boshladi.


Davlat rahbari bu yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


Yangi markazda o‘rinlar soni oldingi 85 tadan 160 taga yetkazilgan. Bemor bola va uning ota-onasi uchun alohida shart-sharoitlar yaratilgan.


Bugungi kunda 101 nafar bola davolanmoqda. 130 dan ortiq shifokor, jumladan, 38 nafar ilmiy xodim va yuzlab hamshiralar ularga qalb qo‘rini bag‘ishlayotir.


Bolalar onkogematologiyasi, gematologiya, onkologiya, reanimasiya, gemodializ va plazmoferez bo‘limlari, stasionar va maslahat poliklinikasi zamonaviy jihozlangan. Bu yil avvalgilariga qo‘shimcha 14 turdagi asbob-uskuna keltirib o‘rnatildi.


Dori vositalari bilan ta’minlash darajasi ham oshirildi. Masalan, 2016 yilda buning uchun 2 milliard 800 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, hozir bu miqdor qariyb 60 baravar oshirilib, 170 milliard so‘mga yetdi. 91 turdagi onkogematologik dori vositalari davlat hisobidan bepul berilmoqda.


Chet ellik konsultantlar jalb etilib, davolash va diagnostika standartlari yangilandi. Jumladan, o‘zak xujayralari transplantasiyasi soni oshdi.


Yana bir muhim jihati, molekulyar genetika, immunogistoximiya kabi murakkab tashxislar shu yerning o‘zida yo‘lga qo‘yildi. Ilgari buning uchun namunalar Hindiston, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarga tekshirish uchun yuborilar edi.


Bolalarning davolanishi bilan birga ta’lim-tarbiyasi ham e’tiborda. Bu yerda “Zamin” fondi tomonidan 40 o‘rinli maktab va 30 o‘rinli bog‘cha tashkil etilgan. “Mehrli maktab” va “Ilk qadam” nomli ushbu go‘shalarda bolalar bilim olib, qiziqarli mashg‘ulotlarni o‘rganmoqda.


Prezident markazda davolanayotgan bolalar va ularning onalariga dalda berdi.


“Yoningizga yana kelishdan maqsadim - sizlarga kuch berish, umidni ikki karra ko‘paytirish. Bu hammamizga sinov. Biz davlat bo‘lib, aqlimizni, kuchimizni ishga solib, bu kasalliklarni yengishimiz kerak. Ota-onalarga ko‘mak berib, bolalarning dardiga malham bo‘lib, ularni sog‘aytirishimiz zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Prezident bolalarning orzu-istaklarini qo‘llab-quvvatladi, tezroq sog‘ayib, yaxshi o‘qishlarini tiladi.


Shu yerda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini kengaytirish rejalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Unga ko‘ra, gemapoetik o‘zak xujayralarini allogen va autologik transplantasiya qilish uchun 2 ta aseptik bino, hududlardan uzoq muddatga keladiganlar uchun 200 o‘rinli xostel barpo etiladi. Yil yakunigacha markazga yana 67 turdagi jihozlar keltiriladi.


“Bu soha yurtimizda yangi tizim. Endi uni hududiy shifoxonalardagi shunday bo‘limlar bilan bog‘lab, kasalliklarni erta aniqlash zarur. Quyi pog‘onada skriningni kengaytirib, “kasallikdan oldin yurish” kerak”,—dedi Prezident.


Ushbu markaz negizida ilmni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

 

“Binoda sharoit bor, muvaffaqiyat yo‘q. Muvaffaqiyat ilmda! Shuning uchun bu yer kasallik omillaridan tortib, samarali davolash uslublarigacha o‘rganish bo‘yicha ilmiy markaz bo‘lishi kerak. Viloyatlardagi tibbiyot xodimlari kelib, malaka oshirsin”, - dedi davlat rahbari.


Bu soha yuksak rivojlangan Germaniya tajribasi asosida davolash protokolini yangilash, mutaxassislar jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Binoda sharoit bor, muvaffaqiyat yo‘q — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz