Jahon

Putin iqtisodiy vaziyatning izdan chiqishida Gʻarbni aybladi

Shuningdek, u Ukrainada “maxsus harbiy operatsiyani” davom ettirish bo‘yichha qarorni tasdiqladi.

Putin iqtisodiy vaziyatning izdan chiqishida Gʻarbni aybladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gʻarbni global iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishda aybladi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatga Yevropa va AQSHning Rossiyaga nisbata joriy etgan “axmoqona” sanksiyalari sababdir. 


Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumida nutq so‘zlagan Putin Rossiya Gʻarbga javob qaytarishini ta’kidlagan.


“Biz kuchli davlatmiz va har qanday qiyinchilikka dosh bera olamiz. Ota-bobolarimiz kabi biz har qanday muammoni hal qilamiz, mamlakatimizning ming yillik tarixi shundan dalolat beradi”,— degan u.


Putin Ukrainadagi “maxsus harbiy operasiyani” davom ettirish qarorini tasdiqladi. Prezidentning aytishicha, Donbasdagi rus askarlari ham Rossiyaning o‘z “rivojini ta’minlash huquqlarini” himoya qilish uchun kurashmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"